Claude Code / amaliy qo‘llanmaOchiq bilim. Yaxshiroq odatlar.

Kamroq sarf.Ko‘proqnatija.

Uzun sessiya. Keraksiz kontekst. Ortiqcha effort. Limitingiz qayerga ketishini ko‘ring va foydali odatlarni shu yerda sinab ko‘ring.

O‘qishni boshlash 8 bo‘lim · interaktiv misollar
~/loyiha ❯ /contextSHARTLI MISOL
Bitta uzun sessiyaKONTEKST
130k token
O‘qilgan fayllar+ suhbat tarixiTerminal natijalari+ eski vazifalarKeyingi so‘rovga ham qo‘shiladi.
SARF ≠ KONTEKST
Kichik xabar ortida katta tarix turishi mumkin.
Pastga suring — misollar jonlanadi
01Nega limit tugaydi?

Siz bitta xabar yozasiz.
Tarix ham birga ketadi.

Claude Code joriy suhbatni, o‘qilgan fayllarni va tool natijalarini kontekst sifatida ishlatadi. Suhbat o‘sgani sari keyingi tur ham og‘irlashadi.

01 / Boshlanish

Hammasi yengil boshlanadi.

Yangi sessiya. Ko‘rsatmalar va birinchi vazifa bilan kontekst shartli 12 ming token. Hali ortiqcha yuk yo‘q.

Token — model qayta ishlaydigan matn bo‘lagi. U har doim bitta so‘zga teng emas.

02 / Ish davomida

Har bir o‘qilgan fayl iz qoldiradi.

Claude fayllarni ochadi, test ishlatadi, natijalarni o‘qiydi. Uchinchi turga kelib misoldagi kontekst 47 ming token bo‘ldi.

Bitta topshiriq ham bir nechta model so‘roviga olib kelishi mumkin. Tool chaqiruvlari soni bilan so‘rovlar soni doim bir xil emas.

03 / Uzun sessiya

«Rahmat» ham tarix bilan keladi.

Oltinchi turda kontekst 130 ming token. Olti turdagi kirish hajmlari yig‘indisi esa 386 ming: avvalgi ma’lumot qayta ishlatilgan.

Kesh takroriy qismlarni arzonlashtirishi mumkin. 386k — to‘liq narxda to‘langan token yoki obuna limiti degani emas.

04 / Yangi vazifa

Kerakli natijani saqlang. Tozalang.

Oldingi vazifa tugadi. Muhim natijani faylga yozib, /clear bilan yangi suhbat boshlang. Misolda yangi vazifaning konteksti 14 ming token.

/clear o‘tgan sarfni qaytarmaydi va haftalik limitni yangilamaydi. U keyingi ishga eski suhbatni olib o‘tishni to‘xtatadi.

Kontekst qanday o‘sadiSIMULYATSIYA
Shu turdagi kirish hajmi130k token
6-tur

Olti turdagi kirish hajmi: 386k token.

03 / Uzun sessiya
Qo‘llanmadagi shartli sonlar. Kesh, output va tizim xarajatlari narxi hisoblanmagan. Ustunlar obuna limiti foizini bildirmaydi.

Mexanizm: Claude Code qanday ishlaydi · Prompt caching

02Narxlar / model / effort

Ikki alohida tanlov.
Qancha kuch, qancha tahlil?

Model imkoniyat va token narxini belgilaydi. Effort esa model masalani qanchalik chuqur tahlil qilishiga ta’sir qiladi.

  • Haiku 4.5Oddiy tuzatish, cheklangan qidiruv, ixcham test hisoboti.
  • Sonnet 5Kundalik feature, bugfix va testlar. Tejamkor boshlang‘ich tanlov.
  • Opus 5Murakkab arxitektura, notanish kod va qiyin sabab tahlili.
  • Fable 5.1Uzoq va murakkab avtonom ishlar. Vazifa buni talab qilsa tanlang.

Bu vazifa bo‘yicha yo‘l-yo‘riq. Natijani test bilan baholang; «eng qimmat» tanlov har bir ish uchun zarur emas.

Model laboratoriyasiSINAB KO‘RING
01 — Modelni tanlang
medium

Medium — sarfni kamaytirish muhim bo‘lgan kundalik ishlar uchun. Natija yetarli bo‘lmasa, darajani oshirib solishtiring.

$0.30100k yangi input + 10k output.
Keshsiz bazaviy API hisobi.
/model sonnet
/effort medium

Effort uchun qat’iy narx koeffitsiyenti yo‘q. Hisob ko‘rsatilgan token miqdori bilan cheklangan; bu obuna limiti bashorati emas.

API narxlari va muhim farqlar
14-sentabr 2026: bir million token uchun bazaviy API narxlari, AQSH dollarida.
ModelKontekstInput / 1MOutput / 1M
Haiku 4.5200k$1$5
Sonnet 51M$2$10
Sonnet 4.61M$3$15
Opus 5 / 4.81M$5$25
Fable 5.11M$10$50

Bu modellarda bazaviy output input’dan 5 barobar qimmat. Extended thinking tokenlari ham output sifatida hisoblanadi. Kesh, xizmat rejimi va provayder yakuniy narxga ta’sir qiladi.

API narxi bilan obuna kvotasini tenglashtirmang. Masalan, 2.5× narx farqi sizga aniq 2.5× ko‘proq xabar kafolatlamaydi. Tarif, model, vazifa va kontekst ahamiyatli.

Haiku 4.5 effort’ni qo‘llamaydi. Opus 4.6 va Sonnet 4.6’da xhigh yo‘q. Joriy imkoniyatlarni /model va /status orqali tekshiring.

14.09.2026 holatiga tekshirildi: API narxlari · Model va effort

03Kontekst gigiyenasi

Yangi vazifaga
yengil kiring.

Keyingi so‘rov yangi suhbatda ham tushunarlimi? Unda /clear. Shu ishning davomiyligi kerakmi? /compact bilan muhim qismini saqlash mumkin.

Kontekst ichidagi yuk130k → ?
Tizim va loyiha ko‘rsatmalariasos
Oldingi vazifa suhbatitarix
O‘qilgan fayllarkontekst
Test va terminal chiqishlarinatijalar
Qarorlar va ishning qisqa xulosasixulosa

Shartli sxema. Asosiy ko‘rsatmalar yangi sessiyada ham yuklanadi; kontekst mutlaq nolga tushmaydi.

Birini bosib ko‘ring

/clear suhbat tarixini tozalaydi. /compact esa uni xulosaga aylantiradi. Ikkalasi ham avval sarflangan limitingizni qaytarmaydi.

Bu tugmalar faqat saytdagi misolni o‘zgartiradi.

01

Matnning o‘rniga fayl yo‘lini bering

src/auth/login.ts:42 kabi aniq manzil qidiruvni toraytiradi. O‘qilgan mazmun baribir kontekstga kiradi.

02

CLAUDE.md’ni ixcham tuting

200 qatordan kam — yaxshi mo‘ljal. Doim kerak bo‘ladigan qoidalarni qoldiring; maxsus jarayonlarni kerak payt yuklanadigan skill’ga ajrating.

03

Keraksiz MCP’larni o‘chiring

/mcp bilan ko‘rib chiqing. Mos bo‘lsa gh yoki boshqa CLI’dan foydalaning; ularning chiqishi ham kontekst egallashini unutmang.

04

Shovqinli ishni ajrating

Log tahlili va testlarni cheklangan subagentga topshirib, faqat xulosani oling. Subagentning o‘zi ham token sarflaydi.

05

Natijani oldindan filtrlang

Hook yoki CLI bilan minglab log qatoridan kerakli xatolarni ajrating. Modelga savolni yechishga yetadigan ma’lumot kirsin.

06

Noto‘g‘ri yo‘nalishni erta to‘xtating

Esc bilan ishni to‘xtatib, vazifani aniqlashtiring. /rewind suhbat yoki kuzatilgan fayl o‘zgarishlarini qaytarishga yordam beradi.

07

Tilga mos vositalardan foydalaning

Code intelligence yordamida ta’rif va havolalarni aniq topish ortiqcha qidiruvni kamaytirishi mumkin.

08

Agentlar sonini vazifaga moslang

Har bir agent alohida kontekst bilan ishlaydi. Ko‘proq parallellik tezlik berishi mumkin, lekin umumiy sarfni ham oshiradi.

Tezkor buyruqlar lug‘ati

/contextNima joy egallayotganini ko‘rish.

/usageSarf va limit holatini ko‘rish.

/renameSessiyaga topish oson nom berish.

/resumeOldingi suhbatni davom ettirish.

/compactTarixni xulosalash; bu ham model so‘rovi.

/insightsIsh odatlari haqida tahlil olish.

/rewindOldingi nuqtaga qaytish imkoniyatlari.

/statusFaol sozlamalarni tekshirish.

Sarfni kamaytirish · Buyruqlar

04Katta vazifa / olti qadam

Tadqiqot og‘ir.
Yaxshi reja ixcham.

Rejani alohida saqlasangiz, bajarish bosqichiga butun izlanish tarixini olib o‘tishingiz shart bo‘lmaydi.

  1. Toza suhbatdan boshlang

    Oldingi ishning muhim natijasini saqlang, keyin /clear. Yangi vazifaga kerakli maqsad va chegarani bering.

  2. Avval yo‘lni aniqlang

    Shift + Tab bilan Plan rejimini tanlang. Claude kodni o‘qib reja tuzadi. Qarorni reja ustida tekshirish keyingi qayta ishlashni kamaytiradi.

  3. Rejani faylga saqlang

    Masalan, docs/reja-auth.md. Maqsad, fayllar, qarorlar, tekshiruv va ochiq savollar shu yerda bo‘lsin. Yangi sessiya aynan shunga tayanadi.

  4. O‘qing. Tuzating. Tasdiqlang.

    Qaysi fayl o‘zgaradi? Qanday tekshiriladi? Nima noaniq? Shu savollarga javob borligini ko‘ring. Kerak bo‘lsa Ctrl + G bilan rejani muharrirda oching.

  5. Rejadan bosqichlab bajaring

    /clear dan keyin reja faylini o‘qiting. Bir vaqtning o‘zida bitta mantiqiy bosqichni bajartiring. Natijani tekshirish oson bo‘lsin.

  6. Tekshiring va holatni saqlang

    Tegishli testlarni ishlating, o‘zgarishlarni ko‘ring, tayyor ishni commit qiling. Rejaga nima tugaganini yozing. Keyingi mustaqil bosqichni toza sessiyada davom ettiring.

~/loyiha / claudeNAMOYISH

❯ /clear

Yangi suhbat. Endi vazifani belgilang.

VAZIFA

Login uchun input validatsiya.

Chegara: src/auth/ va tests/auth/.

01 / Toza boshlash
Reja fayli — sessiyalar orasidagi ko‘prik. Unda davom etish uchun kerakli qaror va holat saqlanadi.
opusplan qachon foydali?

/model opusplan rejalashtirishda Opus, bajarishda Sonnet’dan foydalanadi. Uzoq va murakkab vazifada bu foydali bo‘lishi mumkin. Kichik tuzatish uchun olti bosqichli jarayonni majburan ishlatmang.

Model almashganda kesh yangidan quriladi. Effort o‘zgarishi ham keshning bir qismiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sabab tanlovni vazifa boshida aniqlash va tez-tez almashtirmaslik foydali.

opusplan · Keshga ta’sir qiladigan amallar

05Prompt yozish

Aniq so‘rov.
Kamroq qayta ishlash.

Uzunroq, lekin aniq prompt keraksiz savollar va noto‘g‘ri urinishlarni kamaytirishi mumkin. Rol haqidagi uzun ta’rifdan oldin mana shu to‘rt narsani yozing.

  1. Natija

    Nima ishlashi yoki o‘zgarishi kerak?

  2. Chegara

    Qaysi fayllar tegishli, qaysilariga tegilmaydi?

  3. Tekshiruv

    Ish tugaganini qaysi test yoki natija isbotlaydi?

  4. Noaniqlik

    Qaysi qarorni taxmin qilishdan oldin so‘rash kerak?

src/auth/login.ts dagi login() ga input validatsiya qo‘sh. tests/auth.test.ts o‘tishi shart. Boshqa faylga tegma. Validatsiya sxemasi noaniq bo‘lsa, avval mendan so‘ra.

Natija, fayl, test va noaniqlik aniq. Model ishga yo‘nalish topish uchun kamroq taxmin qiladi.

ANIQLIK → FOYDALI ISH
Reja so‘rash uchun tayyor shablon

Plan rejimini tanlang, <…> joylarini vazifangizga moslab to‘ldiring.

reja-prompt.txt
MAQSAD
<Bir jumlada: nima ishlashi kerak>

CHEGARA
- Faqat shu joylarga teg: <papka yoki fayllar>
- Bularga tegma: <migratsiya, konfig, CI, ...>

TEKSHIRUV
- Test buyrug‘i yoki kutilgan natija: <...>

REJA
1. Mavjud kodni o‘qi, keyin reja tuz.
2. Rejani docs/reja-<nom>.md faylida saqla.
3. Har bosqichda: o‘zgarish, fayl va tekshiruvni yoz.
4. Qaror talab qiladigan noaniq joylarni sanab,
   mendan so‘ra. Taxmin bilan kod yozma.
5. Hozir faqat reja tuz. Kodni o‘zgartirma.
06Jamoa sozlamalari

Yaxshi odatni
default qiling.

Kundalik ish uchun tejamkor boshlang‘ich sozlama. Mavjud faylingizga mos kalitlarni birlashtiring va /status bilan faol holatni tekshiring.

~/.claude/settings.json
{
  "model": "sonnet",
  "modelSettings": {
    "claude-sonnet-5": {
      "effortLevel": "medium"
    },
    "claude-opus-5": {
      "effortLevel": "high"
    }
  },
  "env": {
    "CLAUDE_CODE_SUBAGENT_MODEL": "haiku"
  }
}

Sonnet — odatiy ishlar uchun. Qiyin masalaga o‘tganda modelni ongli tanlaysiz. Kerak bo‘lsa /model opus, ish tugagach /model sonnet.

Effort har modelga alohida. Sonnet uchun medium — tejamkor boshlanish. Opus murakkab vazifa uchun tanlanganda high bilan boshlash mumkin.

Subagent modeli vazifaga mos bo‘lsin. Bu misolda Haiku oddiy qidiruv va test xulosalari uchun tanlangan. Chuqur tahlil talab qiladigan agentga yetarli model bering.

Model versiyalari o‘zgarsa, modelSettings ichidagi ID’larni yangilang. Jamoaning boshqariladigan sozlamalari ayrim tanlovlarni cheklashi mumkin.

Tayyor subagent: test natijalarini ixcham qaytarish

Ko‘p qatorli test chiqishi agent kontekstida qoladi. Asosiy suhbatga qaror qilish uchun kerakli xulosa keladi.

.claude/agents/test-runner.md
---
name: test-runner
description: Testlarni ishlatadi va xatolarni qisqa qaytaradi
tools: Bash, Read, Grep
model: haiku
---

Loyihada belgilangan test buyrug‘ini ishlat.
Faqat quyidagilarni qaytar:
1. O‘tgan va yiqilgan testlar soni.
2. Yiqilgan test nomlari va muhim xato xabarlari.
3. Muammo turlari bo‘yicha qisqa xulosa.

Test ishga tushmasa, aniq sababini yoz.
O‘tgan testlarning uzun chiqishi va debug loglarni ko‘chirma.
Qo‘shimcha sozlamalar va ularning murosasi

CLAUDE_CODE_AUTO_COMPACT_WINDOW: "200k" katta oynali modelda kontekstni ertaroq siqishga yordam beradi. Evaziga xulosalash tez-tez ishga tushadi. Bu hamma uchun majburiy yoki kafolatlangan tejamkor sozlama emas.

availableModels va enforceAvailableModels orqali jamoaning model tanlovini cheklash mumkin. Avval ish odatlarini o‘rgatish va sarfni kuzatish ma’qul; murakkab vazifaga kerakli modelga yo‘l qolsin.

Sozlamalar · Subagentlar

07Limitlar qanday ishlaydi?

Qaysi chegara
tugaganini biling.

Obunada sessiya va haftalik limitlar birga amal qilishi mumkin. Claude chat, Code va Cowork sarfi rejangizga bog‘liq umumiy limitga ta’sir qiladi. Holatni /usage yoki Settings → Usage’da ko‘ring.

Foydalanish kvotasi

Modelni almashtirish yetmaydi.

Agar barcha modellar uchun umumiy sessiya yoki haftalik limit tugagan bo‘lsa, yangilanish vaqtini kuting. Rejangizda mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha pullik usage credits alohida tanlov bo‘lishi mumkin.

/usage → yangilanish vaqtini tekshiring

Modellar va foydalanish limitlari · Limitdan samarali foydalanish

08Bilimni odatga aylantirish

Jamoa bilan
bir marta sinab ko‘ring.

90 daqiqalik dars rejasi. Asosiy mashq — bir xil vazifa uchun ikki ish usulining sarfi va natija sifatini solishtirish.

00–10

Joriy holat

Hamma /usage va /context ni ochadi. Boshlang‘ich holatni qayd eting.

10–25

Mexanizmni ko‘rish

Uzun suhbat va toza sessiyadagi kontekstni solishtiring.

25–40

Model × effort

Narx, vazifa murakkabligi va tahlil darajasi orasidagi farqni muhokama qiling.

40–60

Jonli taqqoslash

Bir xil boshlang‘ich kodda odatiy usul va reja → fayl → toza sessiya usulini sinang. Sarf bilan birga test natijasini ham yozing.

60–75

Birga sozlash

Jamoaga mos model va effort tanlang. Faol sozlamani /status bilan tekshiring.

75–90

Bir haftalik odat

Besh qoidani kelishib oling. Bir haftadan so‘ng sarf, sifat va vaqtni qayta solishtiring.

Ko‘p uchraydigan noto‘g‘ri tushunchalar

«Max effort har doim eng yaxshi javob beradi»

Murakkab vazifada foydali bo‘lishi mumkin, lekin ortiqcha tahlil va kamayib boruvchi foyda ham kuzatiladi. Sifatni haqiqiy test va natija bilan tekshiring.

«Eng kuchli modelni doim yoqib qo‘ysam bo‘ldi»

Oddiy ishga qimmat model kerak bo‘lmasligi mumkin. Kichik model ham xato qilib ko‘p qayta urinadigan bo‘lsa, kutilgan tejam yo‘qoladi. Tanlovni vazifa va natijaga qarab qiling.

«Qisqa prompt doim tejamkor»

Noaniq qisqa so‘rov ko‘p qidiruv va tuzatishga olib kelishi mumkin. Foydali aniqlik uchun qo‘shilgan matn ko‘pincha o‘zini oqlaydi.

«Rol berishning o‘zi yetarli»

«Senior dasturchisan» deyish vazifa chegarasi va tekshiruv o‘rnini bosmaydi. Modelga ishlash uchun kerakli kontekstni bering.

«/compact — /clear’ning yaxshiroq turi»

Ularning maqsadi boshqa. /compact davom etayotgan ish uchun tarixni xulosalaydi va o‘zi ham model so‘rovini talab qiladi. /clear yangi suhbat boshlaydi. Ikkalasi ham kvotani qaytarmaydi.

«Ko‘proq agent — kamroq sarf»

Agentlar ayrim ishlarni tezlashtirishi va asosiy suhbatni ixcham saqlashi mumkin. Lekin har biri alohida hisoblanadi; umumiy sarfni ham solishtiring.

Manbalar va yangilanish

«Token Iqtisodi» darsligi asosida. Model narxlari va asosiy buyruqlar 14.09.2026 kuni rasmiy hujjatlar bilan solishtirildi. Namoyish sonlari shartli; haqiqiy tejam vazifangizga bog‘liq.